Maktabingiz dars jadvalini avtomatik tuzing

O'qituvchilar, sinflar, fanlar va smenalarni kiriting. DarsReja to'qnashuvsiz haftalik jadvalni o'zi tuzadi, kasal bo'lgan o'qituvchiga esa o'rinbosar topib beradi.

  • 5 daqiqajadval tayyorlash vaqti
  • 100%to'qnashuvsiz jadval
  • 48 sinfreal maktabda sinovdan o'tgan
DarsReja
Bosh sahifa / Jadval
Dars jadvali
1-dars
2-dars
3-dars
4-dars
5-dars
5-A
Fizika
Algebra
Tarix
Kimyo
Adabiyot
5-B
Algebra
Fizika
Adabiyot
Tarix
Ona tili
6-A
Tarix
Kimyo
Ona tili
Adabiyot
Algebra
7-A
Tarix
Ingliz tili
Algebra
Adabiyot
Biologiya
8-B
Fizika
Biologiya
Algebra
Tarix
Kimyo
2026–2027 tayanch o'quv rejasaytga kiritilgan, soatlar o'zi qo'yiladi
O'zbek va rus tilidagimaktablar uchun
To'qnashuvsizo'qituvchi bir vaqtda ikki joyda bo'lmaydi
Kompyuter va telefondao'rnatish shart emas

Jadval bilan bog'liq hamma ish bitta joyda

Yiliga bir marta tuziladigan jadvaldan tortib, har kuni bo'ladigan almashtirishlargacha.

Avtomatik jadval

Sinflar, o'qituvchilar va o'quv reja asosida butun maktab jadvali bir necha soniyada tuziladi. Qiyin fanlar ertalabga, o'qituvchida ortiqcha "oyna" yo'q.

To'qnashuvsiz

O'qituvchi yoki sinf hech qachon bir vaqtda ikki joyda bo'lmaydi. Qo'lda o'zgartirsangiz, tizim darhol ogohlantiradi va yechim taklif qiladi.

Tezkor almashtirish

O'qituvchi kelmasa, shu soatda bo'sh va shu fanni o'ta oladigan o'rinbosar bir bosishda topiladi.

Rasmiy tayanch o'quv reja ichida

Fanlar va haftalik soatlar vazirlik tasdiqlagan rejadan avtomatik olinadi. Siz faqat sinflar sonini va o'qituvchilarni kiritasiz. 1,5 va 0,5 soatli fanlar haftama-hafta navbat bilan qo'yiladi.

O'z qoidalaringiz

Dam olish kunlari, smenalar, bo'sh soatlar chegarasi, qiyin fanlarni ertalabga qo'yish.

PDF va Excel

Sinf yoki o'qituvchi jadvalini chop etishga tayyor PDF yoki Excel faylga saqlang.

Uchta kabinet

O'quv ishlari bo'limi boshqaradi, direktor kuzatadi, o'qituvchi o'z jadvalini telefonida ko'radi.

Qanday ishlaydi?

Uch qadam. Birinchi jadvalni bir kunda tuzib olasiz.

  1. 1

    Sinflar va o'qituvchilar

    Tayanch rejani tanlang va har bir sinfda nechta parallel borligini kiriting — fanlar va soatlar o'zi qo'yiladi. O'qituvchilarni Excel'dan nusxalab qo'yish mumkin.

  2. 2

    Jadvalni tuzing

    Bitta tugma. Tizim barcha cheklovlarni hisobga olib, to'qnashuvsiz variantni topadi.

  3. 3

    Ishlating

    Jadvalni tahrirlang, PDF qilib chiqaring. Har kuni almashtirishlarni shu yerda boshqaring.

Har bir xodim o'z ishini ko'radi

Bir tizim, uchta kabinet. Rolni tanlang va qanday ishlashini sinab ko'ring.

O'qituvchi kasal. O'rinbosarni tanlab ko'ring:

Yangi so'rovKarimov SheraliKasallik · bugun
11-A · 1-soat08:00 · Fizika

Narxlar

Yillik obuna: jadval, almashtirishlar va hisobotlar butun o'quv yili davomida. Birinchi 30 kun bepul.

Davlat maktabi

299 000so'm / yil
  • Cheksiz jadval tuzish
  • PDF va Excel eksport
  • O'qituvchi va direktor kabinetlari
  • Almashtirishlarni boshqarish
30 kun bepul sinash
Ko'p tanlanadi

Xususiy maktab

399 000so'm / yil
  • Davlat maktabi tarifidagi hammasi
  • Ota-onalar uchun jadval
  • Qo'shimcha soatlar hisoboti
  • Ustuvor qo'llab-quvvatlash
30 kun bepul sinash

Tuman yoki viloyat

Kelishilgannarx
  • Barcha maktablar uchun litsenziya
  • Hududiy boshqaruv paneli
  • Maktablarni ulashda yordam
  • Xodimlarni o'qitish
30 kun bepul sinash

Ko'p beriladigan savollar

Javob topmasangiz, ariza qoldiring — o'zimiz qo'ng'iroq qilib tushuntiramiz. Birinchi 30 kun bepul.

DarsReja qanday maktablar uchun mos?

Umumta'lim, ixtisoslashtirilgan va xususiy maktablar uchun. Bir yoki ikki smenali, 5 yoki 6 kunlik o'quv haftasi, o'zbek va rus sinflari bo'lgan maktablarda ishlaydi.

Fanlar va soatlarni o'zimiz kiritamizmi?

Yo'q. Vazirlik tasdiqlagan 2026–2027 o'quv yili tayanch o'quv rejasi (o'zbek va rus tilidagi maktablar uchun) saytga kiritilgan. Sinflar sonini kiritsangiz, har bir sinfning fanlari va haftalik soatlari o'zi qo'yiladi. Yangi o'quv yili rejasi chiqqach, u ham qo'shiladi.

1,5 yoki 0,5 soatli fanlar qanday qo'yiladi?

Masalan, Geografiya 1,5 soat va Iqtisod 0,5 soat bo'lsa, bitta katak navbatma-navbat ishlatiladi: toq haftada Geografiya, juft haftada Iqtisod. O'qituvchi o'z kabinetida qaysi haftada nima o'tishini ko'radi.

Jadval tuzish qancha vaqt oladi?

Ma'lumotlar kiritilgach, 48 sinf va 90 o'qituvchidan iborat maktab uchun jadval taxminan 3 soniyada tuziladi.

O'qituvchi kasal bo'lsa nima qilinadi?

O'qituvchi o'z kabinetidan “Kela olmayman” so'rovini yuboradi. O'quv ishlari bo'limi so'rovni ko'radi, tizim esa har bir darsga shu soatda bo'sh va mos o'rinbosarni taklif qiladi.

Ma'lumotlarimiz xavfsizmi?

Har bir xodim o'z login va paroli bilan kiradi, ro'yxatdan o'tish SMS kod bilan tasdiqlanadi. Parollar shifrlangan holda saqlanadi, har bir maktab faqat o'z ma'lumotlarini ko'radi.

Jadvalni qo'lda o'zgartirsa bo'ladimi?

Ha. Darsni sudrab boshqa katakka ko'chirish mumkin. To'qnashuv chiqsa, tizim qaysi o'qituvchi bilan to'qnashganini aytadi va tuzatish yo'lini taklif qiladi.

Bugun sinab ko'ring

Ariza qoldiring — kabinetingizni ochib beramiz. Tayanch o'quv rejani tanlab, birinchi jadvalingizni bir necha daqiqada tuzasiz.

Bepul sinovni boshlash